06:53 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Ruptly

Berlinda niqob taqish va karantin choralariga qarshi boʻlib oʻtayotgan tinch namoyish politsiya bilan toʻqnashuvga aylanib ketdi. Namoyishchilarni quvish uchun huquqni saqlash organlari koʻzdan yosh chiqaruvchi gaz va suv zambaraklaridan foydalanishga majbur boʻlishdi.

Berlin markazida koronavirus tufayli kiritilayotgan cheklovlarga qarshi namoyish boʻlib oʻtdi. Protest ishtirokchilari Brandenburg darvozasi yonida toʻplanishdi va namoyishkorona ravishda himoya niqoblaridan voz kechishdi. 

Dastlab tinch oʻtayotgan namoyish politsiya bilan toʻnashuvga aylanib ketdi. Mitingchilarni quvish uchun huquqni saqlash organlari koʻzni yoshantiriuvchi gaz va suv zambaraklaridan foydalanishga majbur boʻlishdi. Politsiya 300 dan ortiq namoyishchilarni qoʻlga oldi. 

Aytish joizki ana shunday namoyishlar shu kunlarda Yevropaning koʻplab mamlakatlarida boʻlib oʻtmoqda. Hukumat tomonidan kiritilayotgan karantin cheklovlariga qarshi boʻlganlar ayniqsa Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya va Slovakiyada koʻp. Shu bilan bir vaqtda Yevropada koronavirusga chalinganlar soni ham oshib bormoqda.

 

Yana video

Asosiy mavzular