13:07 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Ruptly / www.c7f.navy.mil

AQSH harbiy kemasi “John McCain” Rossiya chegarasini kesib oʻtdi. Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Pyotr koʻrfazida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan RF davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi.

AQSH kemasi chiziqdan ikki kilometr nariga oʻtib ketdi.

"Admiral Vinogradov" xorijiy kemani xalqaro aloqa kanali orqali bunday harakatlarni amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohlantirdi. Shuningdek, Rossiya harbiylari AQSH kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan soʻng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Yana video

Asosiy mavzular