Vazirning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng koʻlamli pandemiya boʻlmaganini hisobga olgan holda oʻzini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi.
Olimlar va JSST mutaxassislari fikriga koʻra, 2021 oxiriga qadar har holda koronavirus holatlari aniqlanib turadi. Lekin pandemiya jarayoni sekinlashib borishiga umid qilinmoqda.
“Aytaylik, 2021 yilning birinchi choragida ommaviy emlashni boshlaydigan mamlakatlar bor deb oʻylamayman. Hoynahoy bu 2021 yilning ikkinchi yarmida boʻladi. Ommaviy emlash boshlanishi bilan esa biz dunyo tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich buning ustidan gʻalabaga erishamiz”, - dedi SSV rahbari Sputnik muxbiri bilan suhbatda.