Tadbir Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil qilindi. Dastavval Chempionlar kubogi oʻsmirlar turnirining finali oʻtkazildi, unda Toshkent shahar mahallalarining yosh futbolchilar jamoalari qatnashdi. Turnir sovrindorlari va eng yaxshi oʻyinchilarini Oʻzbekiston terma jamoasining oʻyinchilari mukofotladi.

Soʻngra yoshlikni eslash va yosh avlodga namuna koʻrsatish uchun maydonga oʻzbek futboli faxriylari chiqdi.

Doʻstona bahsda Toshkent va futbol yulduzlari jamoalari oʻzaro kucha sinashdi. Poytaxt sharafini Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, murabbiy Ravshan Haydarov va FIFAning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov himoya qildi.
Raqib jamoasi Xirosimadagi 12-Osiyo oʻyinlarining chempionlari Farhod Magomedov, Azamat Abduraimov, Sergey Lebedev, Fevzi Davletov, Rustam Durmanov, Ilhom Sharipov, Shuhrat Maqsudov va futzal boʻyicha terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovdan tashkil topdi.
Oʻyin natijasi 5:5 hisobida durang boʻldi. Ravshan Ermatov dubl, Server Jeparov esa xet-trikni hisobiga yozib qoʻydi.
Tadbir yakunida Toshkent shahar hokimligi vakillari Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan yosh sportchilarga sovgʻalar, jumladan, sport anjomlarini topshirdilar.
Shuningdek, Mirjalol Qosimov, Shuhrat Maqsudov va Murod Aliyevni hokimiyat nomidan 50 yosh, futbol shahrlovchisi Mirzahakim Toʻxtamirzayev esa 60 yosh yubileyi bilan qutlashdi.

Xayriya tadbirining yorqin lahzalari Sputnik videosida.