10:12 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
© RIA Novosti / FSB

Huquqni saqlash organlari oʻsmirni anchadan beri kuzatib kelishgan va uning "buzgʻunchi niyatli guruh" taʼsiri ostiga tushib qolganidan xabardor boʻlishgan. 

Rossiyaning Tambov shahrida Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari uyida qoʻlbola portlovchi moslama yasamoqchi boʻlgan oʻsmirni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Maʼlum boʻlishicha, 17 yoshli oʻsmir ijarada turgan kvartirada portlovchi moslama va uning komponentlarini topishgan.

Huquqni saqlash organlari vakillari oʻsmir ortidan ancha vaqtdan buyon kuzatib kelishgan va uning niyatlaridan xabardor boʻlishgan. Maʼlum boʻlishicha oʻsmir "buzgʻunchi niyatli guruh" taʼsiri ostiga tushib qolgan. 

Yana video

Asosiy mavzular