17:21 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov /Anna Jelixovskaya

Oʻzbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov respublikaning jamiki aholisini, shuningdek, Sputnik mushtariylarini Yangi yil bilan qutladi. Sanʼatkor har bir bolakayga yaxshi tanish boʻlgan xit tarona - "V lesu rodilas yolochka" qoʻshigʻini oʻzbek tilida kuyladi.

Yangi yil turli davlatlarda turlicha nishonlanadi. Har bir davlatning oʻz anʼanalari, taomlari, yangi yil taronalari bor. Ammo sobiq SSSRning barcha aholisi sodda va ayniqsa, bolalar orasida mashhur boʻlgan "V lesu rodilas yolochka" qoʻshigʻini yaxshi eslashsa kerak. Axir bu tarona Yangi yilning norasmiy madhiyasi sanaladi.

Ushbu tarona oʻzbek tilida kuylanmagani tufayli, Oʻzbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov oʻz variantini taklif etib, qoʻshiqni kuyga soldi.

Ajoyib musiqiy tabriknomani bizning videoda tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular