Roskosmos fazogirlari va MKS-64 ekspeditsiyasi aʼzolari - komandir Sergey Rыjikov va bortmuhandis Sergey Kud-Sverchkov - Yer aholisini Yangi yil bilan tabrikladilar.
Sergey Kud-Sverchkov ortda qolayotgan 2020 yil Xalqaro kosmik stantsiyasi uchun yubiley yil boʻlganini taʼkidladi. Sergey Rыjikov, oʻz navbatida Rossiya va butun dunyo aholisiga oʻzingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, deya tilak bildirdi.
"Sogʻ-omon boʻling, bir-biringizga eʼtiborli boʻling, birga boʻling. Bu eng asosiysi, chunki biz hammamiz birgalikda barchasini yengamiz", - deya xotima qildi kapitan.
MKS-64 ekspeditsiyasi tarkibiga NASA astronavti Ketlin Rubens ham kiradi. MKS-64 missiyasi 177 kun davom etadi va 2021 yilning 9 aprelida yakunlanishi kerak.