02:30 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
© Sputnik

Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozak “normand toʻrtligi” ishtirokchilarining muzokaralari qanday oʻtganini maʼlum qildi.

Uchrashuv kuni kecha Berlinda boʻlib oʻtdi. U olti soatcha davom etdi.

Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Kozak muzokaralar ishtirokchilari ochiq suhbat oʻtkazishganini taʼkidladi, ammo muzokaralarning biror bir bandi boʻyicha biror bir aniq qarorni ishlab chiqishga muvaffaq boʻlinmagan.

“Suhbat ochiqcha boʻldi, barcha asosiy masalalar yuzasidan fikr almashdik. Avvalo Minsk kelishuvining siyosiy qismini amalga oshirish yuzasidan”, - dedi Kozak.

Shu bilan birga, “normand toʻrtligi” yetakchilari maslahatchilari ayrim masalalar boʻyicha kelishuvga erishishgan: ikki hafta davomida yangi tamoyil va yondashuvlarni ishlab chiqish.

“Rossiya hozircha Kiyev mojaroni kuch bilan hal qilish rejasini tuzayotganini his qilmayapti. Umuman olganda sulhga rioya qilinmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi Kozak.

Shuningdek, Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari “toʻrtlikning” Yevropa aʼzolari – Germaniya va Frantsiya nimalarga amal qilishi kerakligi borasida oʻz nuqtai nazarini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatlarning Donbassda tinchlikni tartibga solish toʻgʻrisidagi Kiyev bilan konstruktiv muloqot borasida jiddiy xavotiri boʻlishi lozim.

“Normand toʻrtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Kozak keyingi “normand” uchrashuvi hoynahoy onlayn boʻlishini maʼlum qildi.

“Normand toʻrtligi” Rossiya, Ukraina, Germaniya va Frantsiya mamlakatlari rahbarlarining guruhi. Guruh 2014 yili Normandiyada Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish uchun tashkil etilgan edi.

Teglar:
Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Donbass, normand toʻrtligi, Ukraina

Yana video

Asosiy mavzular