01:16 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Samarqandda tez orada Rossiyaga ishga yoʻl olmoqchi boʻlayotgan mahalliy aholi uchun rus tili kurslari yakunlandi va tilni qisqa fursatda oʻrganib, bemalol soʻzlasha oladigan darajaga yetgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi

Endilikda Rossiyaga ishga borishni rejalashtirgan oʻzbekistonliklar uchun oʻzga muhitda yashash va mehnat qilish ancha yengil kechadi.

Samarqandda mahalliy aholi uchun tashkillashtirilgan ilk kurslar yakunlandi.

Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RXDU) oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun Samarqand viloyatida tashkillashtirilgan rus tili test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 23 nafar fuqaroga sertifikatlar topshirildi.

Samarqand shahridagi "Koica" oʻquv markazida tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarini RXDU oʻqituvchisi Elvira Chigireva ishchi mutaxassisliklar boʻyicha rus tilini oʻqitish dasturi asosida fuqarolar uchun ochiq dars oʻtkazdi.

RXDUning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov Samarqand shahri va viloyatining rus tili oʻqituvchilariga dastlabki sertifikatlarni rasmiy ravishda topshirdi.

Ikki davlatning ushbu hamkorlikdagi tashabbusi mehnat muhodirlariga qisqa fursatda til oʻrganish va Rossiyaga borganda oʻzini dadil his etish imkonini beradi. Tilni bilgan muhojirlar uchun malaka oshirish yengil kechib, qolaversa, bu koʻproq pul topishga keng yoʻl ochadi, deya taʼkidlab oʻtdi tadbir tashabbuskorlari.

Yana video

Asosiy mavzular