Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasi va Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi Xotira kechasining tashkilotchilaridir.
Oʻzbekistonda Islom Abdugʻaniyevichning xotirasi chuqur ehtirom bilan yod olindi. Uning nomi mamlakatimizning qator koʻchalariga, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Asaka avtomobil zavodiga va Fargʻona sanʼat saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir oʻzbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi.
Kechani Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova vidiomurojaat bilan ochdi. Tadbirda, shuningdek, Islom Karimovning doʻstlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar.
Xotira kechasi doirasida Akbar Mirzo tetralogiyasidan "Soʻngi nido" kitobining rus tilidagi tarjimasi "Posledniy zov" kitobining hamda Amirqul Karimovning Oʻzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovga bagʻishlangan "Istiqlol tarixidan lavhalar" toʻplamining taqdimotlari boʻlib oʻtdi.
Kecha mehmonlari va qatnashchilari Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va "Butun olamni jo qilgan yurak" koʻrgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.