BAA restoranlarida emlangan mijozlarga chegirma berilmoqda— video

Obuna bo‘lish
Vaksina olgan mijozlarga chegirma berilishi – bu fantastikaga o‘xshaydi, lekin bu haqiqat. Birlashgan Arab Amirliklarida umumiy ovqatlanish muassasalari bunday mijozlarga 30% chegirma berishga tayyor.
Albatta bunday choralar fuqarolarni imkon qadar tezroq vaksina olishga undaydi. Emlanganlar soni qancha ko‘p bo‘lsa cheklov choralari kamayib, restoranlarga mijozlar tezroq qaytadi.
Ma’lumot uchun, BAAda jami 10 million aholi yashaydi. Hozircha ulardan 2,3 millioni koronavirusga qarshi vaksina olgan.
Pandemiya boshidan buyon Arab amirligida 300 mingdan ortiq kasal aniqlangan va ulardan 272 ming nafari tuzalib ketgan.
BAAda ayni damda uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan: Rossiyaning "Sputnik V", Xitoyning Sinopharm va ko‘p shov-shuvga sabab bo‘lgan Pfizer-BioNTech (Amerika-Germaniya) vaksinasidir. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0