00:37 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Youtube / 394th District Court of Texas - Live Stream

AQShdagi onlayn sud majlisida “mushuk ishtirok etib, rasmiy bayonot bilan chiqdi”. Bu qanday roʻy bergani quyidagi videoda.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Texaslik advokat “Zoom”dagi onlayn sud majlisida tasodifan maʼyus mushukcha qiyofasida paydo boʻldi.

Rod Ponton mol-mulkni musodara qilish haqidagi majlisda filtrni oʻchira olmagan, deya yozadi NBC news.

Advokat bor kuchi bilan niqobni olib tashlashgan uringan, keyin esa majlisda shu koʻrinishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

“Men bunga tayyorman. Men bu yerda onlaynman, mushuk emasman”, - degan Ponton va hamkasblarini kuldirgan.

Keyin sudya Roy Fergyuson majlis oldidan texnika vositalarini oldindan tekshirib koʻrishni tavsiya qilgan.

“Agar farzandingiz kompyuteringizdan foydalangan boʻlsa, onlayn majlisga ulanishdan oldin “Zoom” video sozlashlarini tekshirib koʻring, filtr oʻchirilganmi yoki yoʻq. Bu mushukcha hozir ish yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi”, - deya yozgan sudya “Twitter”da.

Advokatning soʻzlariga koʻra, u boshqa ofisga koʻchib oʻtgani sabab yordamchisining kompyuteridan foydalanishga majbur boʻlgan.

Yana video

Asosiy mavzular