19:24 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
press-slujba GAFKiS KR

Ushbu musobaqalarda 8 mamlakatdan 1800 sportchi 14 sport turida belashadi.

TOSHKENT,  7 sen – Sputnik. Issiq Koʻl boʻyida “Osiyo hamkorlik va tinchlik hududi” shiori ostida Xalqaro sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda, xabar berdi  Sputnik Qirgʻiziston.

8 mamlakat sportchilari Baktuu-Dolonotu qishlogʻiga, bu yil 15 marta oʻtkazilayotgan, anʼanaviy musobaqalarda qatnashish uchun kelishdi.

Bu yil medallar uchun Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Latviya, Tojikiston, Germaniya va Xitoy vakillari kurashadi. Musobaqa tantanali ochilishi shanba kuni boʻlib oʻtdi.

Musobaqalarning asosiy maqsadi, Qirgʻiziston Fizkultura va Sport qoʻmitasi raisi Sheyshenkul Bakirov soʻzlariga qaraganda, bu xalqlar va sport tashkilotlari orasida doʻstlikni kuchaytirishdir.

Bu yil sportniy 14 turi boʻyicha sovrinlar taqsimlanadi. Ular orasida armrestling, stritbol, voleybol, yengil atletika va  plyaj kurashi bor. Issiq Koʻl oʻyinlari 12 sentyabrgacha choʻziladi.

Yana video

Asosiy mavzular