19:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte. Arxiv surat

“Ahmoq”dan “kampir”gacha: siyosatchilar bir-birlarini qanday “siylashadi”

© AFP 2018 / ROSLAN RAHMAN
Dunyoda
Havola olish
782 0 0

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte shu oyning oʻzida ikki marta matbuot eʼtiborini tortdi – avvaliga u Barak Obamani “itvachcha” deb haqorat qildi, lekin buni jiddiy qabul qilmaslik kerakligini aytib oʻzini oqladi, keyin esa BMT bosh kotibi Pan Gi Munni “ahmoq” deb atadi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte shu oyning oʻzida ikki marta matbuot eʼtiborini tortdi – avvaliga u Barak Obamani “itvachcha” deb haqorat qildi, lekin buni jiddiy qabul qilmaslik kerakligini aytib oʻzini oqladi, keyin esa BMT bosh kotibi Pan Gi Munni “ahmoq” deb atadi.
Aftidan, bu yil prezidentlik kursisini egallagan Duterte hozircha oʻz hamkasblaridan diplomatiyaning nozik sirlarini oʻrganmagan koʻrinadi, deb yozadi RIA Novosti.

Darvoqe, uning xorijlik hamkasblari ham bir-birlariga nisbatan juda “iltifotli” soʻzlarni yogʻdirib turishadi.

Donald Tramp va Xillari Klinton

AQSH prezidentligiga har ikki nomzod bir-birlari haqida gapirganida soʻzlarni ayab oʻtirishmaydi. Tramp Klintonni "jahon miqyosidagi yolgʻonchi" va "aynigan" deb atasa, Klinton oʻz navbatida uni tovlamachi, irqchi va telba deydi.

Britaniya TIV rahbari Boris Jonson

Londonning sobiq meri, hozirda Britaniya TIV rahbarining nomi matbuotda turli janjallari orqali koʻp tilga olingan boʻlsa-da, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonni haqoratlovchi sheʼrlar tanlovida uning gʻolib boʻlishi hammasidan oshib tushdi.
Oʻz sheʼrida turk prezidentini “echkini sevib qolgan telba turk” degan Jonson ming funt miqdorida mukofot puli olgan.

Senator Jon Makkeyn

Respublikachi senator nafaqat Rossiyani, balki oʻz prezidenti maʼmuriyatini ham tanqid qilib turadi. Xususan u Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernestni terrorchilar bosib olgan Iroqdagi Ramadi shahri haqidagi soʻzlaridan keyin "ahmoq" deb atagandi.

Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp. Arxiv surat
© Sputnik / Yekaterina Chesnokova

Ernest jangarilarga qarshi har bir muvaffaqiyatsiz operatsiyadan keyin Shtatlar “sochiini yulishi shart emas” degach, senator "Bu ahmoq janob Ernest “sochini yulmasligi mumkin”, lekin hozir Ar-Ramadi koʻchalarida odamlar yonmoqda” degandi.

Arsen Avakov va Mixail Saakashvili

Odessa gubernatori Mixail Saakashvili va Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov oʻrtasidagi janjal internetda ham keng tarqalib ketgandi.
Videoda Saakashvili Avakovni "poraxoʻr vazir", Avakov esa uni "oʻgʻri" deb atagani va stakandagi suvni unga qarata sepib yuborgani tasvirlangan.

Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika

2012 yilda Urugvay prezidenti Xose Muxika noqulay ahvolga tushib qolgandi. Mikrofon yoniqligini bilmagan prezident “bu kampir haligi gʻilaykoʻzdan ham battar" degandi.

Bir qator ommaviy axborot vositalari ushbu soʻzlar Argentina prezidenti Kristina Kishner va uning marhum eri Nestor haqida borayotganini taxmin qilgandi. Argentina hatto norozilik notasi ham yoʻllagan, lekin Muxika bu soʻzlar unga qaratilmaganini aytib oson qutulgandi.

Shu yilning may oyida esa u Venesuela prezidenti Nikolas Maduro shaʼniga haqoratli soʻzlarni aytdi. "Mening Maduroni qoʻllab-quvvatlashim unga ahmoqligini aytmasligimni bildirmaydi, u ahmoq, Venesuelada hamma ahmoq", — dedi u.

Asosiy mavzular