10:31 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
53710

Qozogʻistonda 1 dekabr Birinchi Prezident kuni sifatida bayram qilinadi. Bu bayram Nursulton Nazarboyevning oʻz mamlakati oldidagi xizmatlarini eʼtirof etish uchun taʼsis qilingan

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti bayramni yosh qozogʻistonliklar davrasida birinchi respublika forumida nishonlamoqda, deb xabar qilgan Sputnik Oʻzbekiston.

Yoshlar Respublika forumida Qozogʻiston prezidenti zamonaviy buvilar haqida hazil gap qildi, deb yozadi nashr.

"Menga hozirgi yoshlar oʻzgargan deb aytishsa, men "buvilar ham avvalgidekmas", deya javob qaytaraman. Paypoq toʻqishmaydi, somsa yopishmaydi, ammo internetda oʻtirishadi. Bu, albatta, hazil. Hozirgi yoshlarimiz zamonaviy dunyoga va zamon talablariga javob beradigan yoshlardir", — deb aytdi Nazarboyev.

Nursulton Nazarboyev yoshlarni oldinga intilishga undaydigan sabablar haqida ham toʻxtalib oʻtgan.

"Ota-onalar: sen albatta "falondaqa" boʻlishing kerak, sen prezident boʻlishing kerak, deya uqdirib kelishadi farzandlariga. Men qarshi emasman. Prezident boʻlsin, mayliga. Ammo bu gaplar bolaning miyasiga oʻrnashib qoladi. Bu amalga oshmasa, bola "sinadi". Baxtli boʻlish uchun prezident boʻlish shart emas", — deya taʼkidlagan Nazarboyev.

Qozogʻiston prezidenti yoshlarni ilmga chanqoq va maʼrifatli boʻlishga chaqirgan. "Pulingizdan, koshonangizdan mahrum boʻlishingiz mumkin, ammo siz ega boʻlgan bilimni miyangizdan hech kim tortib ololmaydi. Hayotda albatta oʻz oʻrningizni topasiz, bilimli boʻlsangiz", — deya oʻz nutqiga yakun yasagan Nazarboyev.

Teglar:
hayot mazmuni, bola, prezident, Qozogʻiston, forum, latifa, Nursulton Nazaboyev, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular