10:48 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
261403

Qirgʻiziston hukumati Yuqori Norin kaskadi GES qurilishi uchun sarmoyadorlarni "har qanday sharoitda ham topadi", axir endilikda u yerda "siyosiy tuzilmaning oʻzi yoʻq", - dedi Atambayev

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. "Qirgʻiziston "har qanday sharoitda" Yuqori Norin kaskadi GES va Qambarota GES qurilishi uchun sarmoyachilarni topadi", — deya bayonot qildi payshanba kuni Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot-anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, Atambayev yanvar oyi oxirida Rossiya Yuqori Norin kaskadi va Qambarota GES qurilishini moliyalashtirish imkoniga ega emas, degan taʼkid bilan chiqish qilgan edi.

Bugun esa u Qirgʻiziston "har qanday sharoitda ham" ushbu yirik GESlar qurilishi uchun "sarmoyadorlarni topishini" taʼkidlab oʻtdi, hamda "axir har holda endi u yerda siyosiy tuzilmaning oʻzi yoʻq" deya qoʻshimcha qildi.

"Biz bugun Yuqori-Norin kaskadi va Qambarota-1" boʻyicha ishlashimiz darkor. Agar Oʻzbekiston ushbu qurilishning taʼsischilaridan biri boʻlganda, yaxshi boʻlar edi. Axir bu GES Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun qurilmoqda. Ushbu loyiha Qirgʻizistonni elektr energiyasi bilan, va shu bilan bir qatordaa Oʻzbekiston va Qozogʻistonni suv bilan taʼminlaydi. Agar uchchalamiz ish boshlasak, sarmoyachilar ham topiladi", — deya xotima qilgan Qirgʻiziston prezidenti.

Teglar:
GES, investor, svet, suv, Qirgʻiziston, Qambarota, Norin, GES qurilishi, Nazarboyev, Mirziyoyev, Atambayev, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular