23:04 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
12513

Ayni vaqtda Bishkekdagi umumtaʼlim maktablarida davomat juda pasayib ketgan. Shahardagi 93ta maktabdan 35tasida oʻquvchilarning 20 foizi oʻquv mashgʻulotlarini kasallik tufayli qoldirayapti

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Bishkekdagi barcha maktablarda gripp tufayli yopildi, deb xabar tarqatmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Xabarga koʻra, Ayni vaqtda Bishkekdagi umumtaʼlim maktablarida davomat juda pasayib ketgan. Shahardagi 93ta maktabdan 35tasida oʻquvchilarning 20 foizi oʻquv mashgʻulotlarini kasallik tufayli qoldirayapti. Shu bois, vitse-mer Oygul Risqulova raisligida shahar meriyasi taʼlim boshqarmasida ijtimoiy ahamiyatli va xavfli infektsiyalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning majlisi oʻtkazilgan.

Taʼkidlanishicha, Bishkekdagi barcha maktab muassasalari 7 oʻquv kuniga — yaʼni 5dekabrdan 12 dekabr kuniga qadar yopilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunga kelib oʻquchilarning 28-30 foizi va oʻqituvchilarning 20 foizi kasallangan.

Karantin amal qilgan muddatda maktab oʻquvchilari ishtirokida barcha tadbirlar bekor qilish toʻgʻrisida buyruq berilgan.

Maktabgacha bolalar muassasalarda bolalar bogʻchalarining sanitariya-gigiyena holati ustidan nazoratni kuchaytirish buyurilgan.

Teglar:
oʻquvchilar, maktablar, Bishkek, karantin, gripp

Asosiy mavzular