15:09 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
196 0 0

Kuba televideniyesi dafn etish marosimini translyatsiya qilmadi

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Fidel Kastroning hoki Santyago-de-Kuba shahridagi Santa-Ifigeniya qabristonida dafn etildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Lotin Amerikasidagi Telesur telekompaniyasiga tayangan holda.

Xabarda taʼkidlanishicha, Kuba televideniyesi dafn etish marosimini translyatsiya qilmagan.

3-dekabr kuni Kuba yetakchisi Raul Kastro Fidel Kastro xotirasiga bagʻishlangan mitingda chiqishi vaqtida dafn etish marosimi ortiqcha dabdababozliksiz oʻtkazilishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshida oʻtgan hafta juma kuni olamdan oʻtgan edi. Kubada milliy motam kuni eʼlon qilingan — milliy bayroqlar tushirilgan, barcha koʻngilochar tadbirlar bekor qilingan.

Teglar:
Kuba, Santa-Ifigeniya, Kastroning hoki, dafn marosimi, dafn marosimi, Raul Kastro, Fidel Kastro, Kuba

Asosiy mavzular