21:12 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
82531

Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatan sayohat qilishni, hamda oʻz faoliyatini omadli yakunlashni orzu qilishini aytdi

TOSHKENT, 6 dek- Sputnik. Vladimir Putin oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlashni orzu qilishini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Putin dushanba kuni Chelyabinsk shahridagi "Eterno" truboprokat zavodida boʻlgan. Zavod xodimi Putin bilan suhbatda oʻz sohasida katta yutuqlarga erishishni orzu qilishini aytgan va Putinga "Siz nima haqida orzu qilasiz?", — deya savol bergan. Ishchiga javoban Putin: "Men oʻz faoliyatimni omadli yakunlashni xohlayman", deya javob qaytargan.

Rossiya prezidenti, shuningdek, sayohat qilishni juda ham yoqtirishini aytgan. "Bugungi kundagi sayohatim shunday kechadi: men aeroportga kelaman, u yerdan allaqanday joyga olib borishadi, keyin yana aeroportga qaytaman. Mana shunday qilib qayergadir borib kelganday boʻlaman", — deya noligan Putin.

"Albatta, boshqacha sayohat qilishni xohlar edim. Oʻzga mamlakatning tabiati, tarixiy obidalarini koʻrishni xohlayman", — deya izoh bergan prezident.

Vladimir Putin, shuningdek, u shugʻullanishni xohlaydigan bir xobbi borligini aytib oʻtgan. "Bu xobbi bilan hech qachon shugʻullanmaganman, lekin xohlardim. U qanday xobbi ekanligini aytmayman", — degan u.

Teglar:
Moskva, Rossiya, prezident, siyosat, Vladimir Putin, Rossiya

Asosiy mavzular