23:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, arxiv surat

Nazarboyev nega botinkasi bilan maqtandi?

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy
Dunyoda
Havola olish
111120

Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev yaqinda xarid qilgan, olma-otalik poyabzalchilar tomonidan tayyorlangan, yangi botinkasi bilan maqtandi va barcha qozogʻistonliklarni oʻzidan oʻrnak olishga chaqirdi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti oʻz yurtida ishlab chiqarilgan poyabzal kiyishini aytib, barcha hamyurtlarini mahalliy tovarlarni xarid qilishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston nashri.

"Kazlegprom-Almati" kompaniyasi tomonidan model poyabzal ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan uyushtirilgan telekoʻprik davomida, Nursulton Nazarboyev aynan shu ishlab-chiqaruvchi tomonidan yaratiladigan botinkani kiyishini tan olgan.

"Men sizlarning poyabzallaringizni xarid qildim, koʻrsatish uchun oyogʻimni koʻtarib oʻtirmayman, lekin hozir aynan sizlar yaratgan poyabzaldaman", — deb taʼkidlagan Nursulton Nazarboyev korxona rahbariga murojaat eta turib.

Shundan soʻng, Nazarboyev barcha qozogʻistonliklarga murojaat etib, "Qozogʻiston yengil sanoatini qoʻllab quvvatlash va faqat mahalliy tovarlarni xarid qilishga" daʼvat qilgan.

Nazarboyev, shuningdek, Olma-otalik poyabzal ishlab-chiqaruvchilarga murojaat qilib, "rabotabardosh boʻling, sifat darajasida Italiya va Frantsiya poyabzallariga boʻsh kelmang", — deya uqdirgan.

Teglar:
Olma-Ota, Frantsiya, Italiya, botinka, poyabzal, Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston

Asosiy mavzular