19:40 24 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
344 0 0

Donald Trampning asosiy kompaniyalaridan biri boʻlmish Trump Organization vakilining aytishicha, AQShning yangi saylangan prezidenti Saudiya Arabistoni bilan biznes yuritmaydi

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. AQShning 45-prezidenti Donald Tramp, saylovlardagi gʻalabasidan keyin bir nechta kompaniyalarini, shu jumladan, Saudiya Arabistonidagi korxonaga aloqador toʻrtta firmasini yopdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshiyeyted Press agentligiga tayangan holda.

"Ishonchli manbaning soʻzlariga koʻra, AQShda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlaridagi gʻalabasidan soʻng, Donald Tramp oʻzining baʼzi bir kompaniyalarini yopishga qaror qilgan. Ular orasida Saudiya Arabistonidagi tadbirkorlik korxonasiga aloqador boʻlgan toʻrtta firma ham bor", — deyiladi xabar matnida. Ushbu qaror yuzasidan batafsil maʼlumot berilmayapti.

Donald Trampning asosiy kompaniyalaridan biri boʻlmish Trump Organization vakilining soʻzlariga koʻra esa, AQShning yangi saylangan prezidenti Saudiya Arabistoni bilan biznes yuritmaydi.

Xabarda, aytilishicha Tramp 15 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan matbuot-anjumanida oʻziga tegishli biznes va prezidentlik majburiyatlari oʻrtasida manfaatdorlik mojarosini keltirib chiqarish niyati yoʻqligi haqida soʻzlashni rejalashtirgan.

Teglar:
prezident, Tramp, kompaniya, firma, biznes, Tramp, Saudiya Arabistoni, Amerika, AQSH

Asosiy mavzular