22:37 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
119542

Agar Dushanbe oʻz boʻyniga olgan majburiyatlarni bajarmasa, Rossiya 22 dekabrdan boshlab Tojikiston bilan aviaqatnovlarni toʻxtatishi mumkin

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Tojikistonga aviaparvozlarni toʻxtatib qoʻyish bilan poʻpisa qilmoqda, deb xabar bergan RIA Novosti.

Bordiyu Dushanbe oʻz boʻyniga olgan majburiyatlarni bajarmas ekan, Rossiya 22-dekabrdan boshlab Tojikiston bilan aviaqatnovlarni toʻxtatadi, deb bayonot bergan Rossiya Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Ilgariroq, Rossiya tomon "Yamal" aviakompaniyasi samolyotlari "Jukovskiy" aeroportidan Dushanbe va Xoʻjand shaharlariga aviaparvozlarni amalga oshirishi haqida xabar tarqatgan edi. Rossiya tomon shu munosabat bilan ushbu reyslar bajarilishi uchun Tojikiston tomonga ariza bilan murojaat qilgan. Xabarda aytilishicha, Tojikiston tomon shu paytga qadar Rossiya tomonga ruxsatnoma taqdim etmagan. Rossiya Transport vazirligi maʼlumotlariga muvofiq bu holat ikki davlat oʻrtasida imzolangan bayonnomalarga mutlaqo ziddir.

Maʼlum boʻlishicha, Tojikiston aviatsiya rahbarlari "tenglik" yщligi sababli "Yamal"ga mazkur reyslarni amalga oshirishga ruxsat bermayotgan emish.

"Ular bu tartibda rad javobini berishga haqli emas, chunki ikki davlat oʻrtasidagi aviatashuvlar toʻgʻrisidagi hamda keyingi kelishuvlarda "tenglik" haqida biror marta tilga olinmagan, deb taʼkidlamoqda Rossiya tomon.

Teglar:
Domodedovo, Dushanbe, Jukovskiy aeroporti, Yamal, aviareyslar qatnovi, Tojikiston, Rossiya

Asosiy mavzular