22:12 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
48710

80 yoshli Yevgeniy Jugashvili nima sababdan oʻlganligi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvada Iosif Stalinning nabirasi Yevgeniy Jugashvili olamdan oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti tez tibbiy yordam xizmatidan olingan maʼlumot asosida.

80 yoshli Yevgeniy Jugashvili nima sababdan oʻlganligi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Yevgeniy Jugashvili 1936 yilda Stalinning toʻngʻich oʻgʻli Yakov oilasida dunyoga kelgan. Maʼlumoti boʻyicha — harbiy.

Qiziqarli maʼlumotlardan biri — Jugashvili bobosining shaʼnini himoya qilgan holda turli OAVlar bilan koʻplab marotaba sudlashgan. 2015 yilda esa "Mening bobom — Stalin. U — avliyo!" deb nomlangan xotira kitobini nashrdan chiqargan. Shuningdek, otasi, Yakov Jugashvili haqida suratga olingan filmda Stalin rolini ijro etgan.

Yakov Jugashvili, katta leytenant-artilleriyachi, 1941 yilning iyulida asirga tushgan va 1943 yilning aprel oyida Zaksenxauzendagi kontslagerda halok boʻlgan.

 

Teglar:
harbiy, kontslager, Stalinning nabirasi, Yakov Jugashvili, Stalin

Asosiy mavzular