21:16 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
8411

Salicheni "Kinder-syurpriz" ixtirochisi deb atashganda, u tuxumlarni Mikele Ferrero ixtiro qilgan, men faqat ijrochi boʻlganman, deb javob qaytarishni yaxshi koʻrgan.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik, Nataliya Shmakova. Shokoladli tuxumlar, yaʼni "Kinder-syurpriz" ixtirochisi Uilyam Saliche (William Salice) 83 yoshda Italiyada olamdan oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Italiya mahalliy OAVlariga tayangan holda.

Nashr xabariga koʻra, Saliche payshanba kuni kechqurun Italiya shimolidagi Paviya shahridagi kasalxonada olamdan oʻtgan.

Saliche Ferrero kompaniyasida 1960 yildan to 2007 yilga qadar ishlagan va kompaniya egasi "Nutella otasi" boʻlmish Mikele Ferreroning eng yaqin maslakdoshlaridan biri boʻlgan. Nafaqaga chiqqach Saliche Color Your Life fondi bilan hamkorlik qilgan va oʻzini yoshlar bilan ishlash hamda isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlagan.

Salicheni "Kinder-syurpriz" ixtirochisi deb atashganda, u "tuxumlarni Mikele Ferrero ixtiro qilgan, men faqat ijrochi boʻlganman", deb javob qaytarishni maʼqul koʻrgan.

Ferrero kompaniyasi syurprizli shokoladli tuxumlarni 1974 yildan boshlab ishlab chiqargan. Aytish joizki, "Kinder-syurpriz"lar nafaqat bolalar, balki bu tuxumlar ichidan chiqadigan oʻyinchoqlarni kollektsiya qilishni oʻz xobbisiga aylantirgan katta yoshdagi insonlar orasida ham mashhur.

Teglar:
kinder syurpriz

Asosiy mavzular