22:59 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
47713

Obama soʻnggi "prezidentlik" soʻzlarini chop etgach 660 mingdan ziyod internet foydalanuvchilar shu zahoti ushbu tvitni oʻz sahifalarida joylashtirishgan

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Obamaning AQSH prezidenti sifatida Twitter ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilgan eng soʻnggi xabari uning boshqa tvitlariga nisbatan eng koʻp layk oldi, qolaversa ushbu xabar bilan juda koʻp foydalanuvchilar oʻzaro boʻlishganlar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Hammasi uchun rahmat. Mening eng soʻnggi iltimosim xuddi birinchi iltimosimdek boʻladi. Men sizlardan bir narsaga qattiq ishonishni soʻrayman — mening oʻzgarishlarni sodir eta olish qobiliyatimga emas, balki oʻzlaringizning xuddi shunday qobiliyatingizga ishoning", — deb yozib qoldirgan ketayotgan AQSH prezidenti.

​Obama eng soʻnggi "prezidentlik" soʻzlarini oʻz sahifasiga eʼlon qilishi bilan 660 mingdan ziyod foydalanuvchilar shu onning oʻzida bu xabarni oʻz doʻstlari bilan boʻlishganlar.

AQSH prezidentining Tvitter-akkauntiga aʼzo foydalanuvchilar soni 13 millionni tashkil qiladi. Internetdagi ushbu akkaunt 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadigan inauguratsiyadan soʻng Donald Trampga oʻtadi.

Teglar:
layk, xabar, Tvitter, vidolashuv nutqi, Chikago, Obama

Asosiy mavzular