09:49 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
115257

Tojikiston prezidenti Dushanbe merini ishdan olib ushbu lavozimga toʻngʻich oʻgʻlini tayinlagani toʻgʻrisidagi xabar mamlakat fuqarolari orasida oʻta qizgʻin muhokama qilinmoqda

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon payshanba kuni Dushanbe meri Maxmadsaid Ubaydulloyevni egallab turgan lavozimidan chetlatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

"Ubaydulloyev ushbu lavozimni 15 yildan ortiq muddat egallab kelgan. Rahmon Ubaydulloyevning oʻrniga Dushanbe meri etib oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Rustam Emomalini tayinladi. Rustam Emomali shu vaqtga qadar Korruptsiyaga qarshi kurash va moliyaviy nazorat agentligi rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi", — deyilgan xabarda.

Nashrda yozilishicha, Tojikiston poytaxti meri oʻrinbosarlari va shahar tumanlari raislari ham almashtirilgan.

Tojikiston prezidentining tщn-ich щ-li Rustam Emomali 1987 yilda tavallud topgan. U Tojikiston Milliy universitetining "Xalqaro iqtisodiy aloqalar" fakultetini tamomlagan. Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti.

Asosiy mavzular