13:56 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
136504

Xabarlarga koʻra, Rossiyadan deport qilinishi kutilayotgan migrantlarning biri chet el fuqarolari saqlanadigan Markazdagi xonalarning birida qulflanib olgan. U bilan birga yana 9 nafar migrant borligi xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Cverdlovsk viloyati prokuraturasi migrantlar tomonidan qoidalarga boʻysunmaslik holati boʻyicha tekshiruv oʻtkazmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Maʼlumotlarga koʻra, Moskva vaqti 10.00da deport qilinishi kutilayotgan migrantlarning biri 06.50da chet el fuqarolari saqlab turiladigan Markazdagi xonalarning birida qulflanib olgan.

Sverdlovsk viloyati prokurori yordamchisi Marina Kanatovaning soʻzlariga koʻra, xonada u bilan birga yana toʻqqiz nafar migrant bor.

Sverdlovsk viloyati IIBB matbuot-xizmati rahbari Valeriy Gorelixga koʻra, politsiyachilar xonada qulflanib olganlarga Rossiya qonunchiligini tushuntirmoqda.

Gorelixning aytishicha, migrantlar politsiyachilardan ularni Rossiyadan deport qilmaslikni soʻrashmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi Ural okrugi qoʻshinlari matbuot-xizmati RIA Novostiga ushbu mojaroli hodisani hal qilishda yordam berishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Ayni damda politsiyachilar migrantlar bilan muzokara olib bormoqda.

Teglar:
deport, migrantlar, Rossiya

Asosiy mavzular