02:00 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
84821

Yangilangan telefon avvalgisidan keskin farq qiladi. Mobil aloqa vositasining asosiy afzalligi - uning bir oy davomida zaryadsiz ishlay olishidir

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Barselonada boʻlib oʻtgan mobil texnika koʻrgazmasida afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangilangan versiyasi namoyish qilindi.

Yangi apparat diagonali 2,4 dyuymli rangli monitor, 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Kompaniya oʻz mijozlari uchun kutilmagan sovgʻa hozirlagan edi: yangilangan Nokia 3310 akkumulyatori quvvatlashsiz bir oygacha ishlay olishi maʼlum qilindi.

The Verge xabariga koʻra, Nokia 3310 remeyki bozorlarda yaqin oylarda paydo boʻlishi kutilmoqda. Telefon 49 yevro narxida sotiladi, deb yozgan nashr.
Teglar:
Nokia, telefon

Asosiy mavzular