06:58 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
88531

Ekspertning fikricha, ittifoqchilar Tojikistonga tahdid soluvchi Afgʻoniston shimolidagi qurolli guruhlarni bilvosita ogohlantirishmoqda

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Tojikistonga ilk marta "Dushanbe-Antiterror — 2017" hamkorlikdagi antiterror mashgʻulotlarida foydalanish uchun "Iskander-M" tezkor-taktik raketa majmualari keltirildi, dedi Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Vladimir Zarudnitskiy. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

"Totskoye raketa brigadasining "Iskander-M" tezkor-taktik majmualari hamkorlikdagi "Dushanbe-Antiterror — 2017" antiterror mashgʻulotlari uchun ilk marta Tojikistonga keltirildi. Majmualar Rossiya HKKning An-124-100 "Ruslan" samolyotlari yordamida olib kelindi", — dedi qoʻmondon.

General Zarudnitskiyning aytishicha, mashgʻulotlar davomida raketachilar togʻdagi shartli jangarilarning lageriga ushbu raketa orqali zarba berishadi.

Ilgariroq Tojikiston poytaxti yaqinidagi Ayniy aerodromiga Rossiyaning Shagol aviabazasidan Su-24M bombardimonchi samolyotlari kelib qoʻngandi.

"Dushanbe-Antiterror — 2017" — Hamdoʻstlik mamlakatlari qurolli kuchlari jalb etilgan MDH antiterror markazining ilk mashgʻulotidir. Mashgʻulotlar 30 may kuni boshlanadi.

Ilgariroq dushanbelik mustaqil ekspert Jamshed Mamajonov "Dushanbe — Antiterror — 2017" mashgʻulotlari haqida oʻz fikrini bildirgandi.

"MDH mamlakatlari tojik-afgʻon chegarasi yaqinida mashgʻulot oʻtkazish bilan nafaqat tashqi tahdidlarga nisbatan jangovar tayyorgarlikni tekshirishmoqda. Ittifoqchilar Tojikistonga tahdid soluvchi Afgʻoniston shimolidagi qurolli guruhlarni bilvosita ogohlantirishmoqda", — dedi u.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular