07:24 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
98334

Harbiyning soʻzlariga koʻra, u gey-paradda formada ishtirok etishiga ruxsat beruvchi maktubni olganida xursandligidan yigʻlab yuborgan

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Pentagon noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega harbiy xizmatchi Nataniel Bemega Sietlda oʻtkazilgan gey-paradda harbiy formada qatnashishga ruxsat berdi, deb xabar qildi Amerika OAVlariga tayangan holda RIA Novosti.

Nataniel Beme AQSH Harbiy Havo kuchlari Milliy gvardiyasi tarkibidagi askar. U 2001 yilda harbiy xizmatga kirishgan va uzoq vaqt davomida oʻzining noanʼanaviy oriyentatsiyasini atrofdagilardan yashirgan.

"Men Iroqda xizmat qilganimda "soʻrama-gapirma" siyosati mavjud edi, va men, oʻzim singari boshqa xizmatdoshlarim qatorida sukut saqlashga majbur boʻlganman", — deydi Beme.

Harbiyning soʻzlariga koʻra, u gey-paradda formada ishtirok etishiga ruxsat beruvchi maktubni olganida xursandligidan yigʻlab yuborgan.

AQSH Harbiy kuchlari 2010 yilning 22 dekabrida oʻzining noanʼanaviy oriyentatsiyasini boshqalardan yashirmagan shaxslarga armiyada xizmat qilishni taʼqiqlovchi "soʻrama — gapirma" siyosatini rasman bekor qilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular