Mo‘sulda jangarilarga turmushga chiqqan 20 nafar yevropalik ayol topildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Grozniy
Goroda Rossii. Grozniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘suldagi tunellardan birida 20 ta chet ellik ayollar topilgan. Ular orasida besh Germaniya fuqarolari, ikki nafar Kanada fuqarosi, uchta Turkiya fuqarosi, uch nafa rossiyalik ayol va bir nafar fransiyalik ayol topilgan.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Iroqning yaqindagina jangarilardan ozod qilingan Mo‘sul shahrida Chechenistonlik jangariga turmushga chiqqarn Germaniyalik ayol topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlari bir necha soatdan keyin Mosulga kirishadi

Nashr xabariga ko‘ra, Mo‘suldagi tunellardan birida 20 ta chet ellik ayollar topilgan. Ular orasida besh Germaniya fuqarosi, ikki nafar Kanada fuqarosi, uchta Turkiya fuqarosi, uch nafa rossiyalik ayol va bir nafar fransiyalik ayol topilgan.

Qo‘lga olingan chet ellik ayollardan biri, Germaniya fuqarosi Linda Vensel (Linda Wenzel) aytishiga qaraganda, u o‘z turmun o‘rtog‘ining ortidan bu yerga kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i chechenistonlik ID jangarisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Iroq Bosh vaziri Xaydar al-Abadi hukumat arimiyasi Mo‘sulda jangarilar ustidan mutlaq g‘alaba qozonganini xabar qilgan edi. Mo‘sul 2014-yildan beri jangarilar boshqaruvi ostida qolib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0