16:33 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
49701

Bugungi kunda prezident sayloviga 24 nafar nomzod qoʻyilgan

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev joriy yil 15 oktyabr kuni boʻladigan prezident saylovlari natijalari boʻyicha respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga yoʻl qoʻymasligini maʼlum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Bugungi kunda prezident sayloviga 24 nafar nomzod qoʻyilgan. Avval ularni soni 59 nafar boʻlgan.

Qirgʻiziston ijtimoiy demokratik partiyasi siyosiy kengashi tomonidan sobiq bosh vazir Sooranbay Jeenbekov nomzodi qoʻyilgan. Uni Atambayev qoʻllab-quvvatlamoqda.

"Hozir mamlakatda tebranishlar boʻlmoqda. Hukumat saylovdan soʻng vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni oldini olish maʼmuriy choralarni qoʻllamoqda. Men shu yil 1 dekabrgacha respublika prezidenti hisoblanaman. Bu vaqt mamlakatimizni yana notinchliklarga qaytarmoqchi boʻlganlarni jazolashga yetadi. Ayniqsa, meni xalq qoʻllab quvvatlayotgan paytda. Biz shunday qiyinchiliklar, cheklovlar vv talofatlar bilan yoʻlimizni topdik. Lekin oldingi tartiblarni istaydiganlar ham bor. Qirgʻizistondan tijorat manbai, uning tabiiy boyliklari, insonlar fojealaridan foyda koʻrishni istaydigan kuchlar bor. Bunga aslo yoʻl qoʻymaymiz", — dedi jurnalistlarga Atambayev.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston prezidenti Atambayevning prezidentlik vakolatlari shu yil 1 dekabrda yakunlanadi va konstitutsiyaga asosan u qayta prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin emas.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular