09:14 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
265340

Kuni kecha Qozogʻiston prezidenti Qirgʻiziston prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodini qoʻygan Omurbek Babanov bilan uchrashdi

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Kuni kecha Qozogʻiston prezidenti Qirgʻiziston prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodini qoʻygan Omurbek Babanov bilan uchrashdi. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuv boʻyicha Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi, ushbu uchrashuvni Qirgʻizistonning ichki ishlariga aralashish sifatida qabul qildi.

"Vazirlik Qozogʻiston prezidenti N.A.Nazarboyev Qirgʻiston Respublikasi prezidentlikka nomzodlardan biri bilan oʻtkazilgan uchrashuvi va Qozogʻiston rahbari tomonidan boʻlgʻusi saylovlarda ushbu nomzod qoʻllab quvvatlashini ifoda etganligidan taajjubga tushganligini maʼlum qiladi. Doʻstona Qozogʻiston rahbari Qirgʻiziston ichki ishlariga aralashmasligini aytganligiga qaramasdan, uning soʻzlari Qozogʻiston tomoni Qirgʻiziston Respublikasining boʻlajak prezidenti sifatida kimni afzal koʻrishini yaqqol aks etadi", — deb taʼkidladi Qirgʻiziston TIV.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda prezident saylovlari 15 oktyabr kuni boʻlib  oʻtishi kerak. Prezident saylovida ishtirok etish uchun 13 nomzod roʻyxatdan oʻtgan, lekin ular orasida uch nafari yetakchilik qilmoqda. Mamlakatning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayev ushbu saylovlarda ishtirok eta olmaydi. Konstitutsiyaga koʻra Qirgʻizistonda prezident bir marotaba olti yil muddatga saylanadi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular