12:40 20 Fevral 2018
Efir
Rabota Sberbanka

Ostonada ikki sichqon bankomatdagi pullarni paqqos tushirdi

© Sputnik/ Igor Zarembo
Dunyoda
Havola olish
108100

Ostonadagi bankomatlardan birida inkassatsiya vaqti ikkita sichqon va qogʻoz pul qoldiqlari topildi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozogʻistonning Ostona shahrida, ikki siqqon sovuq havodan qochib bankomat ichiga kirib olgan, keyin esa u yerdagi qogʻoz pullarni yeya boshlagan.

Inkassatsiya xodimlari bankomatni ochgan vaqtida bir toʻplam qogʻoz pul qoldiqlari topishgan. Keyinchalik bank ham ushbu maʼlumotni tasdiqlagan.

“Haqiqatdan ham, Ostona shahri yaqinida oʻrnatilgan bankomatlarning birida, inkassatsiya jarayonida ikki sichqon topildi. Ular sovuqdan qochib bankomat ichiga kirib olganga oʻxshaydi. Ayni damda ularning hayotiga hech narsa havf solmayapti”, — deyilgan bank xabarida.

Bank maʼlum qilishicha, kemiruvchilar umumiy hisobd 100 ming tenge pulga zarar yetkazishgan. (300 dollarga yaqin), nur.kz xabariga asosan.

Asosiy mavzular