12:40 20 Fevral 2018
Efir
Chast samoleta An-148 Saratovskiye avialinii An-148, razbivshegosya posle vzleta iz moskovskogo aeroporta Domodedovo

Moskvadagi aviahalokat: hodisa joyida ikki yuzdan ortiq tana fragmentlari topildi

REUTERS / Sergei Karpukhin
Dunyoda
Havola olish
825 0 0

Saratov, Orenburg va Leningrad viloyatlari rahbarlari halok boʻlganlarning oilasiga 1 million rubldan mablagʻ ajratishlari aytilmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt hukumati ushbu fojiada yaqinlari halok boʻlgan moskvaliklar yaqinlariga yordam berishlari haqida maʼlum qilgan

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Rossiyada An-148 samolyoti halokatga uchragan hududdan hozirga qadar 209 dona tana fragmentlari aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novostiga favqulodda hodisa joyida ishlayotgan tezkor shtab vakillaridan biri.

Eslatib oʻtamiz, Moskva — Orsk yoʻnalishini bajarayotgan "Saratov avialiniyalari" samolyoti boʻlgan An-148 yakshanba kuni Domodedovadan havo koʻtarilganidan soʻng bir necha daqiqa oʻtgan halokatga uchragan. Samolet bortida 65 nafar yoʻlovchi va olti nafar ekipaj aʼzolari boʻlishgan. Ularning barchasi halok boʻlishgan.

Aviakompaniya samolyot uchish oldidan reja asosdagi tekshiruvdan oʻtganligini va soz boʻlganini maʼlum qildi.

Tashuvchi hozirda barcha —  olti dona An-148 samolyotlari ekspluatatsiyadan olgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Saratov, Orenburg va Leningrad viloyatlari rahbarlari halok boʻlganlarning oilasiga 1 million rubldan mablagʻ ajratishlari aytilmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt hukumati ushbu fojiada yaqinlari halok boʻlgan moskvaliklar yaqinlariga yordam berishlari haqida maʼlum qilgan.

Samolyot halok boʻlgan hududdan ikkita qora quti qoniqarli holatda topilgan. Hodisa joyida yana bir necha kun tergov organi xodimlari va ekspertlar ishlashi aytilmoqda.

Asosiy mavzular