05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Prezident SSHA Donald Tramp

Tramp Tillerson nega boʻshatilganiga izoh berdi

AP Photo / Manuel Balce Ceneta
Dunyoda
Havola olish
43310

Oʻn uchinchi martning eng shov-shuvli xabari - bu AQSH prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan boʻshatgani boʻldi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Reks Tillersonning isteʼfosini fikrlar va qarashlardagi tafovut bilan izohladi. Tramp shuningdek ancha vaqtdan buyon Tillerson bilan uning ishdan boʻshatilishini muhokama qilib kelganligini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz u bilan bu haqda uzoq vaqt gaplashganmiz, biz yaxshi kelishamiz, lekin fikrlarimizda tafovut bor edi", — degan Tramp prezident pulidagi jurnalistlarga.

Tillerson bilan fikrlari turlichaligi haqida gapirar ekan, Tramp Eron bilan kelishuvni misol tariqasida keltirib oʻtgan.

"Men uni dahshatli deb hisoblayman, u esa normal deydi,… biz bir xil oʻylamaganmiz, Mayk Pompeo bilan esa bir xil fikrlaymiz", — degan Amerika prezidenti.

Tillerson haqida toʻxtalar ekan, Tramp uni yaxshi odamligini aytib, "xizmatini juda qadrlashini" qoʻshimcha qilgan.

"Biz har xil fikrlaymiz,…men uning aqlini hurmat qilaman, biz yaxshi munosabatdamiz, lekin siz buni kimyo deb atashingiz mumkin, shunchaki baʼzida odamlar yaxshi kelishishadi, Mayk Pompeo bilan birinchi daqiqadayoq kelishganman", — degan Tramp.

Tramp seshanba kuni ertalab Reks Tillersonning ishdan boʻshatilishi haqida eʼlon qildi. Tillersonning oʻrnini shu vaqtgacha Markaziy razvedka boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Mayk Pompeo egalladi.

Aytish joizki, Reks Tillersonning ishdan boʻshatilishi 13 mart sanasining eng shov-shuvli xabarlaridan biri boʻldi. Ayni vaqtda dunyo OAVlarida AQShning endigi tashqi siyosati Rossiyaga nisbatan qay darajada oʻzgarishi boʻyicha turli ekspertlar fikrlari eʼlon qilinmoqda.

Asosiy mavzular