Putin O‘zbekistonga keladi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli telefonniy razgovor
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli telefonniy razgovor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonga kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

O‘zbekiston rahbari Rossiya moliya vazirini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rossiya moliya vaziri bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Mirziyoyev Putinni 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.

Saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida jamiyatni birlashtirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qat’iy himoya qilish va mamlakatning jahonda muhim o‘rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan har tomonlama o‘ylangan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va nihoyatda keng qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

2017 yilning aprel oyida Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif, shuningdek, tomonlarning muntazam muloqoti ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilib, uni sifat jihatidan yangi, amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish masalalari, shuningdek mintaqaviy va xalqaro siyosatning qator dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif etdi.

Ta’kidlanishicha, Putin samimiy qutlov va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilgan.

Yangiliklar lentasi
0