13:22 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
37420

Putin shu jumladan, Avstriya, Misr, BAA va Saudiya Arabiston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qiladi

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 aprel kuni 17 xorijiy davlatlarning elchilaridan, shu jumladan, Avstriya, Misr, BAA va Saudiya Arabiston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qiladi, deb xabar qildi Kreml matbuot-xizmati.

"2018 yil oʻn birinchi aprel kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin xorijiy davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qiladi. Tadbir Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida boʻlib oʻtadi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Rossiya prezidentiga 17 nafar yangidan kelgan elchilar ishonch yorliqlarini topshirishadi. Bular Nigeriya, Iordaniya, Gana, Janubiy Koreya, Misr, Saudiya Arabistoni, Gambiya, Avstriya, BAA, Salvador, Kongo Respublikasi, Kuba, Vyetnam, Chernogoriya, Italiya, Kot-d'Ivuar va Benin elchilaridir.

 

Teglar:
elchilar, Rossiya, Putin

Asosiy mavzular