10:08 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
292 0 0

Roskomnadzor Rossiya hududida taʼqiqlangan internet resurslarini doimiy ravishda bloklab va ushbu manbaalarning "qora roʻyxati"ni oʻz saytida chop etib kelmoqda.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Rossiyada faoliyat yuritayotgan IT sohasi faollari Rossiya prezidenti maʼmuriyatida boʻlib oʻtgan majlisda bugungi kunda Rossiya hududida amal qilayogan "qora roʻyxat" bilan bir qatorda "oq roʻyxat" tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi.

"Oq roʻyxat"ga faqat halol ishlayotgan internet manbaalari kiritiladi. Ularning faoliyati qonunga zid kelmayotgani bir necha bosqichda tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv mutlaq shaffof oʻtkazilishi va har bir bosqichning muayyan javobgari boʻlishi shart. Shundan soʻng "Oq roʻyxat"ga kiritilgan saytlarning ip adreslari Roskomnadzor blokirovkasi ustidan tarqatiladi va tasodifiy  bloklanishdan xoli boʻladi", — deyilgan xabarda.  

Texnologik nuqtai nazardan, bu ixtisoslashgan muayyan VPN proksi-server orqali amalga oshiriladi. Unga doimiy ravishda internet manbaalarining toʻldirilgan "Oq roʻyxati" yuklab turiladi. Buning uchun maxsus dastur yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz Rossiya IT-sohasini nazorat qilib turuvchi muassasasi — Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjerini bloklab qoʻyish borasida uch haftadan beri olib borilayotgan kurash tufayli bir necha aybsiz tashkilotlarning internet adreslari ham tasodifiy blokirovkaga tushib qolgan edi. Yuqorida taklif etilayotgan "Oq roʻyxat" ana shunday tasodiflarning oldini olishga qaratilgan.

Asosiy mavzular