15:04 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Dveri SIZO

Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqdagi layklari uchun 10 yilni qamoqda oʻtkazadi

Sputnik / Aleksey Filippov
Dunyoda
Havola olish
1226 0 0

Tojikiston fuqarosi rasmiy Dushanbe tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uygʻonish partiyasi yetakchisining chiqishlariga internetda "layk" bosish qonunga zid ekanidan bexabar boʻlganini aytgan

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda "boshqacha fikrlaydigan"larni qoʻllab-quvvatlab layk bosgani uchun 10 yilni qamoqda oʻtkazadigan boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

"Xatlon viloyati Vaxsh tumani yashovchisi Alijon Sharipov ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy Dushanbe tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uygʻonish partiyasi yetakchisi Muhiddin Kabiriy va mamlakat sobiq Mudofaa vaziri Abduxalim Nazarzodalarning chiqishlari aks ettirilgan videosyujetlarga "Like" va "Klass" tugmalarini bosgani uchun yaqin 9,5 yilni panjara ortida oʻtkazadi", — deyiladi xabarda.

Sharipov 3 yanvar kuni oʻz tugʻilgan joyi — Vaxsh tumanidagi Mexrobod qishlogʻida qoʻlga olingan. Soʻroq vaqtida u Kabiriy va Nazarzodalarning videolarini koʻpincha tomosha qilib borganini, ammo bu qonunga zidligi haqida, hatto, shubha qilmaganligini aytib oʻtgan.

Asosiy mavzular