TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Falastin milliy maʼmuriyati AQShning elchixonani Tel-Avivdan Quddusga koʻchirishiga javoban Vashingtondan elchisini chaqirib oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Maʼlum boʻlishicha bu haqda nashr Palastin TIVdan olingan hujjat asosida xabar bergan.
"Palastin milliy maʼmuriyati rahbarining (Mahmud Abbosning, tahr.) bevosita koʻrsatmalariga binoan tashqi ishlar vazirligi shuni eʼlon qiladiki, Vashingtondagi Falastin elchisi va Falastinni ozod etish tashkiloti missiyasi rahbari Xusam Zomlot chaqirib olindi. Ushbu qaror AQSH elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilganidan soʻng qabul qilingan", — deyiladi bayonotda.
FMM TIV elchi chorshanba kuni vatanga qaytishi haqida maʼlumot bergan.