10:29 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane

Pentagon: Oʻrta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

© Flickr / Program Executive Office Soldier
Dunyoda
Havola olish
140942

"Rossiya har qanday imkoniyatdan AQSH va uning markaziy osiyolik sheriklari oʻrtasiga dushmanlik urugʻini sochish uchun foydalanmoqda. ISHIDning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqasimas", deb aytdi Pentagon vakili

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Pentagon Rossiyaning Markaziy osiyo mamlakatlarida "Islom davlati" terrorchilik uyushmalari tarqalishi  haqidagi xavfsirashlariga qoʻshilmaydi. Amerika harbiylari fikriga koʻra, bu singari bayonotlar "Rossiya propagandasi", xolos.

Ilgariroq Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Oleg Sыromolotov Afgʻoniston xalqaro terrorizmning tayanch bazasiga aylanayotgani haqida oʻz havotirlarini bildirgan edi. Diplomatning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatda faol "ID" jangarilari soni 4 mingdan 10 ming nafargacha. Sыromolotov terrorchilar qonuniy Hukumatlarni agʻdarishni, Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari hududlarini bosib olishni, shuningdek, "Shimoliy Xuroson" kvazidavlatini barpo etish haqidagi maqsadlarini ochiq bayon etayotganlarini taʼkidlab oʻtgan edi.

Ammo Amerika harbiy muassasasi Moskvaning bu hadiklarini "asossiz", deb hisoblamoqda.

"Rossiya AQShning Afgʻonistondagi urinishlarini yoʻqqa chiqarish uchun ISHID borasida global havotirlarni avj oldirishda davom etmoqda. Rossiya  har qanday imkoniyatni qidirib topib, AQSH va bizning markaziy osiyolik sheriklarimiz oʻrtasiga dushmanlik urugʻini sochish uchun foydalanmoqda. ISHIDning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqasimas", — degan  RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili podpolkovnik Kon Folkner.

Ammo muassasa vakili Afgʻonistondagi "islom davlati" terrorchilarining umumiy soni haqida gapirishdan bosh tortgan va AQSH Afgʻonistonlik hamkorlari bilan birgalikda mamlakatda "ID" sonini qisqartirish borasida oʻz ishini davom ettirishini taʼkidlagan.

Shu bilan birga Pentagon vakili Rossiya oʻz hududida terrorizmga qarshi kurash borasida yetarlicha choralar koʻrmayotganini qoʻshimcha qilganlar.

Asosiy mavzular