03:53 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF Vladimira Putina

Putin Gʻarbga “qizil chiziq”dan oʻtmaslikni maslahat berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev
Dunyoda
Havola olish
195450

Shu bilan birga Rossiya rahbari Ukrainadagi davlat toʻntarishida Gʻarbning roli borligini eslatdi.

TOSHKENT, 26 may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin gʻarb davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarda “qizil chiziq”dan oʻtmaslikka chaqirdi. U bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida aytdi.

Rossiya rahbari, xususan, Moskva manfaatlarini hurmat qilish kerakligini taʼkidladi hamda Shimoliy Atlantika ittifoqining kengayishi Rossiya uchun tahdid uygʻotishi mumkinligini bildirdi.

Emblema NATO
© REUTERS / Francois Lenoir

"NATO bizning chegaramizgacha yetib kelgani kamlik qilgandan, endi unga Ukrainani ham qoʻshib u yerga qandaydir radarlar va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ham olib kelishadi degan gumondamiz", — dedi Rossiya prezidenti.

Bundan tashqari, Putin “chegaradan oʻtmaslik”ka chaqirdi.

"Qandaydir chegaralar boʻladi, tushunyapsizlarmi, “qizil chiziq”dan u yogʻiga oʻtib boʻlmaydi. Kelinglar, bizning manfaatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlaylik", — deb qoʻshib qoʻydi u.

Shu bilan birga Rossiya rahbari Ukrainadagi davlat toʻntarishida Gʻarbning roli borligini eslatdi. Nega Ukrainada Viktor Yushchenko va Yuliya Timoshenko kabi “gʻarbparast siyosatchilar” boʻlib turib gʻarb davlatlari bu mamlakatda hukumat kuch bilan almashishiga olib kelishdi, deya savol berdi.

Asosiy mavzular