08:37 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
61510

Rossiya va Saudiya Arabistoni kelishuvi jahon bozorida neft narxini oshiradi.

TOSHKENT,, 17 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni shahzodasi Muxammad bin Salmon al-Saud OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytirishga kelishib olishdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak.

“Eslatib oʻtmoqchiman, ikki kun oldin Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muxammad bin Salmonning prezident Putin bilan uchrashuvida tarixiy qarorlardan biri qabul qilindi – bu bizning mamlakatlarimiz orasida OPEK+ shartnomasini muddatsiz uzaytirish haqidagi qaror”, — dedi vazir.

Novak aytishiga qaraganda ushbu masala Venadagi uchrashuvda muhokama qilinadi.

OPEK+ shartnomasi – bu neft qazib oluvchi mamlakatlarning, bozor talabiga qarab, qazib olinayotgan neft hajmini oshirish yoki kamaytirish haqidagi kelishuvdir. Dunyoning birinchi va ikkinchi neft eksporterlari boʻlgan Rossiya va Saudiya Arabistoni ushbu shartnomadan manfaatdor va uni amalga oshirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Eslatib oʻtamiz, oxirgi yillarda dunyo neft bozorida, sunʼiy uslubda talabni kamaytirish oqibatida, qora oltin narxi keskin tushib ketgan edi (110$ => 40$). 2018 yilning aprel-may oylarida OPEK+ shartnomasi kuchga kirganidan soʻng — neft narxi ilk bor 80 $ dan oshdi.

Asosiy mavzular