06:31 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Rabota lifta v odnom iz moskovskix domov

Moskvada liftda yosh ayolni yalagan chet ellik qoʻlga olindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Dunyoda
Havola olish
376517

Rossiya poytaxtining sharqiy qismida politsiya xodimlari turar-joy liftida yosh ayolga shilqimlik qilishda gumonlanayotgan chet el fuqarosini qoʻlga oldi

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Moskvada liftda yosh ayolni yalagan chet ellik qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda NTV telekanali "Moskva" shahar yangiliklari agentligiga tayangan holda

Nashrga bu haqda Moskva shahar huquq organlari xabar bergan.

Taʼkidlanishicha, 29 yashar moskvalik ayol oʻz uyida notanish erkak bilan liftda koʻtarilayotgan boʻlgan.

Lift harakatlanayotgan mahalda notanish erkak qizning qoʻllari va yelkalarini yalab, unga suykala boshlagan va qorni hamda sonlaridan ushlagan.

Shunda ayol erkakni itarib yuborib, kvartirasi joylashgan 16-qavatda liftdan chiqqan. Notanish erkak esa tepaga koʻtarilgan. Ayol shu yerning oʻzida politsiyachilarni chaqirgan.

Yetib kelgan tezkor guruh ayol tomonidan ishora qilingan erkakni qoʻlga olganlar. U 35 yashar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlib chiqqan. Yuz bergan hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda, jinoyat ishini ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular