15:07 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Furы na granitse

Turkmaniston Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini oʻtkazmayapti

© Sputnik / Viktor Tolochko
Dunyoda
Havola olish
67810

Turkmaniston bir haftadan beri Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini oʻtkazmayapti. Aynida damda chegarada 100dan ortiq furalar kutib qolmoqda.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Turkmaniston bir haftadan beri Erondan Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini oʻtkazmayapti, deb xabar qilmoqda Tajikta.tj.

“Ashxobod ruxsat bermayotgani tufayli, Turkmaniston chegarasida 100dan ortiq yuk mashinalari kutib qolmoqda”, - deyilgan xabarda.

“Lyutfabad-Artыk” chegara nazorat punktida kutib qolgan yuk avtomobillari haydovchilari aytishiga qaraganda, ularga avtombilllar nima sababdan oʻtkazilmayotganining sababini hech kim tushuntirmagan.

“Saraxs” chegara punktida Tojikiston Turkiyadan sotib olgan yoʻlovchi avtobuslari ham kutib qolmoqda. Ular ham oʻtkazilmayapti”, - deydi haydovchilardan biri.

Turli manbaalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, Turkmanistonning boshqa chegara nazorat punktlarida ham xuddi shunday holat. Chegaradan faqat Tojikistonga yoʻl olgan yuk avtombillari oʻtkazilmayapti. Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarga borayotgan avtomobillar bemalol oʻtmoqda.

Asosiy mavzular