04:32 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Raketa Soyuz

"Soyuz" kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Dunyoda
Havola olish
786 0 0

Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning "Soyuz"  kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa oʻtib halokatga uchradi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning "Soyuz"  kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa oʻtib halokatga uchradi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Kema ichida boʻlgan rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va amerikalik astronavt Nik Xeyg qoʻnish kapsulasida sogʻ-omon yerga qoʻnishgan.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin ushbu hodisa sodir boʻlganidan bir necha soat oʻtib Baykonurga yetib borgan va vazyatni joyida boshqarib bormoqda.

Dastlabki xulosalarga koʻra, avariya raketa tashuvchining birinchi bosqichda ishlaydigan 4ta dvigateldan biri kerakli vaqdta korpuslan ajralmagan va buning oqibatida ikkinchi bosqichi dvigatellari ishlamay qolgani. Ayni damda fojea sabablari oʻrganilmoqda.

Roskosmos xabariga koʻra, ushbu avariya Rossiya kosmik kemalari bilan 2001 yildan buyon sodir boʻlgan birinchi avariyadir.

Asosiy mavzular