22:34 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Istrebitel Su-35S

Rossiya Xitoyga qurol yetkazib berish boʻyicha yangi shartnomalarni imzoladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov
Dunyoda
Havola olish
69811

Rossiya Xitoy bilan qurol yetkazib berish boʻyicha yana uchta shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Moskva va Pekin Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni yetkazib berish boʻyicha navbatdagi kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novostiga Chjuxayedagi koʻrgazmada “Rostex” delegatsiyasi rahbari Viktor Kladov intervyuda maʼlum qildi.

“Biz Xitoy bilan harbiy-texnika hamkorligining barcha sohalarida faol hamkorlik olib bormoqdamiz. S-400 va Su-35 boʻyicha ikkita shartnomalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan birga, bizda juda koʻp boshqa loyihalar mavjud. Biz yaqinda Xitoy tomoni bilan yana uchta shartnoma imzoladik”, - deb aniqlik kiritdi u.

Chjuxaye 6-11 noyabr kunlari Airshow China-2018 aviakosmik koʻrgazma oʻtmoqda.

Xitoyga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2015 yilda imzolanib, 2019 yilda amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, shu yilning oʻzida S-400 yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu qurol majmuasi 2020 yilgacha yetkazib berish yakunlanishi kerak.

Bundan tashqari, Moskva Myanmega 6 ta Su-30SM qiruvchi samolyot yetkazadi. Shartnomalar joriy yilga amalga oshiriladi.

Shuningdek, Moskva Neypidoga 6 ta Yak-130 oʻquv-harbiy samolyotlari yetkazib beriladi.

“Rosoboroneksport” xorijga qurol sotish boʻyicha rejani 13,4 milliard dollar miqdorida amalga oshiradi.

Asosiy mavzular