Qirg‘iziston koloniyadagi ison tufayli Tojikiston bilan chegarada hushorlikni kuchaytirdi

© AP Photo / EFREM LUKATSKYKirgizskie pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte
Kirgizskie pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahrida mahbuslar koloniyasida yuz bergan isonda ikki zobit - koloniya xodimi va spesnaz askari hamda 25 nafarga yaqin maxbuslar halok bo‘lishgan.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati qo‘shni mamlakatda qattiq tartibdagi koloniyada yuz bergan isondan keyin yo‘lovchilar o‘tish punktlari va Tojikiston bilan davlat chegarasi nazorat chiziqlarida hushorlikni kuchaytirdi.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Manba: Tojikistonda mahbuslar isoni yuz berdi, 13 kishi halok bo‘lgan

Bu haqda RIA Novostiga Qirg‘iziston davlat chegara xizmati vakili Gulmira Borubayeva xabar qilgan.

"Qirg‘iziston davlat chegara xizmati vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Qirg‘iziston-Tojikiston o‘tish punktlarida, shuningdek, davlat chegarasi chizig‘ida hushorlik kuchaytirilgan", - deb aytgan Borubayeva.

Shu bilan birga, xodima Qirg‘iziston tomondan chegara qo‘riqlanishi "odatdagi tartibda amalga oshirilayotgani"ni qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahrida mahbuslar koloniyasida yuz bergan isonda ikki nafar zobit - koloniya xodimi va spesnaz askari hamda 25 nafarga yaqin maxbuslar halok bo‘lganlar.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maxbuslardan biri, ID a’zosi posbondan avtomatini tortib olib, uni qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Sal keyin maxbuslar koloniyaning bir korpusini egallab olganlar.

So‘g‘d viloyati IIB spesnaz qo‘shini shturmi tufayli ison bostirilgan.

Yangiliklar lentasi
0