22:38 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Mashinы spasatelnыx slujb SSHA ryadom s zavedeniyem Borderline Bar & Grill

Kaliforniyadagi tungi barda otishma yuz berdi – 12 kishi halok boʻldi

© REUTERS / SOCIAL MEDIA
Dunyoda
Havola olish
199 0 0

Qotil kamida 30 marta oʻq uzgan. Oʻlganlar orasida talabalar ham bor.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Kaliforniyadagi barlardan birida otishma yuz bergan. Kamida 11 kishi halok boʻlgan va koʻpchilik jarohat olgan. Halok boʻlganlar orasida politsiya xodimi ham bor.

Voqea 8 noyabrga oʻtar kechasi talabalar oqshomi oʻtayotgan Borderline Bar & Grill binosida yuz bergan. Bu haqda RIA Novosti sherif ofisi maʼlumotiga tayanib xabar qildi.

Nomaʼlum shaxs kamida 30 marta uzgan. Jabrlanuvchilar orasida sherif oʻrinbosari ham borligi aytilmoqda.

Ayni damda mahalliy OAV qotil oʻldirilganini xabar qilmoqda.

Hodisa joyidagi birinchi videoni voqea guvohlari oʻzlarining Twitterdagi sahifalariga joylashtirishga ulgurishgan.

Asosiy mavzular